BBC xabar qilishicha, Tramp o‘z bayonotida, u millionlab dollar soliq to‘lab kelgan bo‘lsa-da, Nyu-Yorkning siyosiy rahbarlari unga yomon munosabatda bo‘lishganini aytgan. Janob Tramp Nyu-Yorkda tug‘ilganiga qaramay, aksariyat vaqtni Palm-Bichdagi Mar-a-Lago qarorgohida o‘tkazib kelgan. Donald Tramp bilan ikkala demokrat: Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo va Nyu-York shahri meri Bill de Blasiolar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.
Nyu-York gubernatori va meri Trampning o‘z qarorgohini Floridaga ko‘chirish haqidagi qarorini juda mamnuniyat bilan qabul qilishgan. Janob Cuomo janob Trampning soliqlarni to‘laganligi haqidagi da’vosiga e’tiroz bildirdi va qo‘shimcha qildi: "Bularning bari sizning mulkingiz, shu qatorda Florida ham!". Janob Tramp hech qachon soliq deklaratsiyasini ko‘rsatmagan va shaxsiy soliq ma’lumotlarini oshkor qilishdan bosh tortgan.
New York Times gazetasi prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya sentyabr oyida Florida shtatida yashash uchun ariza berganligini xabar qildi. Oq uy rahbariyati Prezident qarorgohini o‘zgartirayotgani sabablari haqida hech qanday bayonot bermadi, biroq New York Times gazetasining ma’lum qilishicha, prezidentga aloqador shaxslarning bayonotiga ko‘ra, buning sababi asosan soliq muammolari bilan bog‘liq ekan.
Xabarlarga ko‘ra, Oq uy prezidentning doimiy manzilini o‘zgartirish sabablari haqida izoh bermadi, ammo New York Times gazetasi prezidentga yaqin odamning so‘zlariga ko‘ra, sabablar asosan soliq muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ma’lumot sifatida shuni aytish kerakki, Florida shtatida daromad solig‘i yoki meros soliqlari joriy qilinmagan. Shu oy boshida sudya janob Trampga sakkiz yillik soliq deklaratsiyasini Nyu-York tergovchilariga taqdim qilishini buyurdi. Voqealar rivoji qanday bo‘lishini bizda kuzatib boring. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?