Foto: REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z farmoni bilan Rossiya tergov qo‘mitasi, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirliklarining 11 generalini o‘z lavozimidan bo‘shatdi.
Farmonga ko‘ra, bo‘shatilgan generallar orasida Rossiya ichki ishlar vazirligining jamoat tartibini saqlashni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, hozirda 100 mln rubllik firibgarlik ayblovi bilan tergov izolyatorida saqlanayotgan general-mayor Aleksandr Melnikov ham bor.
Putin hammasi bo‘lib favqulodda vaziyatlar vazirligining 6 nafar, ichki ishlar vazirligining 4 nafar va tergov qo‘mitasining bir generalini o‘z lavozimidan bo‘shatgan.
Shuningdek, Putin bir qator yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlarni amalga oshirgan.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti boshqa farmoni bilan ichki ishlar vazirligining 16 xodimiga general-mayor va general-leytenant unvonlarini bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin