Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qulog‘i cho‘chqanikiga o‘xshash, g‘ayritabiiy yumaloq semiz qo‘ylar videosi aylanmoqda. Video “Diqqat! Xitoy qo‘y va cho‘chqani chatishtirib go‘shtini O‘rta Osiyoga yubormoqda. Bunday go‘shtni iste’mol qilish xavfli, u inson irsiyatini o‘zgartirib yuboradi. Buqani cho‘chqa bilan chatishtirilib bizning kolbasa sexlariga yo‘llashmoqda. Bu go‘shtni Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xarid qilmoqda. Hech qaysi kolbasa mahsulotini iste’mol qilmang. Yaqinlaringizga yuboring!” degan ogohlantiruvchi so‘zlar bilan tarqaldi.
Bu o‘tgan asrda Belgiyada chatishtirilgan Belteks qo‘y zotidir. Ular 70-90 kilogramm vaznda bo‘ladi. U Yevropada keng tarqalgan Teksel qo‘y zotiga qarindoshdir, aniqrog‘i Tekselning yangilangan avlodi. Belteks – Belgiya tekstili ma’nosini anglatadi.
Xo‘sh, u qanday jonivorlarni chatishtirib yaratilgan. Biolog va genetik tadqiqotchi Baxtiyor Sheraliyevning aytishicha, qo‘y bilan qo‘yni chatishtirib yaratilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"