23:50 / 08.11.2019
2 797

Nyu-York sudi Trampga 2 mln dollarlik jarima soldi

Nyu-York sudi Trampga 2 mln dollarlik jarima soldi
Nyu-York shtati oliy sudi AQSh prezidenti Donald Trampga 2016 yilgi prezident saylovlari kampaniyasi vaqtida o‘z xayriya jamg‘armasidan foydalangani uchun notijorat tashkilotlariga tovon puli sifatida 2 mln dollar to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda shtat bosh prokurori Letitsiya Jeyms tvitterda ma’lum qildi.

CNN telekanalining xabar berishicha, 2018 yil iyunda sudga berilgan da’vo arizasida Tramp va uning farzandlari - Donald, Ivanka va Erik Donald J.Trump Foundation jamg‘armasi maqomini suiiste’mol qilib, AQShning va shtatning saylov kampaniyalarini moliyalashtirish haqidagi qonunlarini buzishgan.

Ta’kidlanishicha, Tramp saylovoldi shtabi 2016 yil fevralda Ayova shtatida harbiy faxriylarni qo‘llab-quvvatlovchi xayriya tashkilotlariga grant sifatida mablag‘lar to‘plagan. Biroq to‘plangan mablag‘lar Trampning siyosiy manfaatlari yo‘lida sarflangan.

AQSh prezidentiga solingan 2 mln dollarlik jarima 8 ta notijorat kompaniyasi o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tramp 2018 yil dekabrda sud bilan kelishuvga borish doirasida o‘z jamg‘armasini yopishga rozi bo‘lgan.

Tramp “Nyu-York bosh prokurori sud bilan kelishuv mohiyatini siyosiy maqsadlarda ataylab buzayotganini, jamg‘armasi tomonidan to‘plangan barcha pullar esa xayriya maqsadlarida ishlatilganini aytgan. “Men xayriya maqsadlariga bunday katta pullarni o‘tkazib, Nyu-York shtatining siyosiy fitnachilari tomonidan malomatlarga uchrashi mumkin bo‘lgan o‘zim biladigan, balki ehtimol tarixdagi yagona odamman”, deb aytgan Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York sudi Trampga 2 mln dollarlik jarima soldi