
Turkiyaning Artvin viloyati, Hopa tumanida Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Gruziya fuqarosi bo‘lgan ayollar fohishalik qilgani aniqlandi. Bu haqda Turkiyaning Hürriyet nashri xabar berdi. Voqea 14 oktyabr kuni ro‘y bergan.
O‘tkazilgan tezkor tergov amaliyotlari natijasida Artvin viloyati xodimlari fohishalikda ayblanayotgan 33 nafar yosh ayol va ushbu jinoiy biznes tashkilotchilarini qo‘lga olgan. Ayollarning 5 nafari o‘zbekistonlik, 20 nafari Gruziya, 4 nafari Qirg‘iziston, 3 nafari Rossiya va 1 nafari Ukraina fuqarosi bo‘lgan.
Tergovda yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan 33 ayoldan 12 nafarida teri-tanosil kasalliklari borligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, ayollar sud jarayonidan so‘ng o‘z vatanlariga deportatsiya qilingan.
TurkiyaArtvinFohishalikO‘zbekistonlik AyollarTergov AmaliyotiJinoiy Biznes O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar