Bugun, 8 noyabr kuni Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Ahatov Turkiya elchisi Er Mehmet Surayya bilan uchrashgan.
Uchrashuvda joriy yil 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilingan.
Elchi O‘zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirgan. Elchi hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o‘tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o‘rganilayotganini aytgan.
Elchi tergov ob’ektiv olib borilishi, O‘zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilgandi.
Nodira Qodirovaning dugonasi telefon orqali marhuma bilan so‘nggi suhbatida nima haqida gaplashganini so‘zlab, turkiyalik deputat o‘zbekistonlik qizga tajovuz qilganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin