Joriy yilning 8 noyabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston fuqarolari uchun ochilgan saylov uchastkalari faoliyati haqida so‘z bordi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda Rossiyada tuzilgan saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va u yerdagi o‘zbekistonliklarning saylovda ovoz berish huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov axborot bergan.
Xususan, bugun O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oldingi 2016 yilgi saylovlardagidan 5 taga ko‘payib, 7 taga yetgan. Ular Rossiyaning Sankt-Peterburg, Vladivostok, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Don, Qozon hamda Moskva shaharlarida joylashgan.
Majlisda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyat bo‘limi axboroti tinglangan. Samarqanddagi saylovga doir barcha tadbirlarni yoritish huquqiga ega bo‘lish uchun 41 nafar viloyat va respublika OAV, internet saytlari xodimlari akkreditasiyadan o‘tkazilganligi aytilgan.
Viloyat axborotida ta’kidlanishicha, shu kunlarda viloyat televideniyesi orqali haftaning har chorshanba kunlari viloyat saylov komissiyasi raisi va a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir tashkil etilib, aholidan tushgan savollarga javob qaytarilmoqda. Bundan tashqari, bosma matbuot va internet saytlarida saylovga oid 614 ta maqola, sharh va xabarlar e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi