Foto: «Tukmenistan Zolotoy vek»
Turkmaniston hukumati vakillari mamlakatda 2019 yil uchun paxta rejasining amalga oshirilganini e’lon qildi. Axal, Bolqon, Lebob, Mariy va Tashhovuz viloyatlari hokimlari prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga o‘zlari rahbarlik qilayotgan hududlarning paxta rejasini muvaffaqiyatli bajarganligi haqida hisobot berdi.
Mamlakatda jami 1 million 50 ming tonna paxta yig‘ib olingan.
«Davlat oldidagi mas’uliyatli burchini bajargan yer egalari endi katta kuch bilan dala maydonlarida qolgan paxtani ham terib olishni maqsad qilgan», – deyiladi xabarda.
«Xronika Turkmenistana» nashrining yozishicha, prezident barcha viloyatlar hokimlarini, jumladan, o‘z o‘g‘li, Axal viloyati hokimi Serdar Berdimuhamedovni ham ordenlar bilan mukofotlash bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Xususan, Lebob viloyatidagi yollanma dehqonlar va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar Axaldagi paxta dalalariga yuborilgan. Natijada Axal viloyati Turkmanistonda birinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi.
Biroq mustaqil kuzatuvchilar mamlakatda paxta rejasining haqiqatan ham bajarilganiga shubha bilan qaramoqda. Turkmen.news nashri tahliliy maqolasida 2019 yilda paxta rejasining taxminan 40 foizga bajarilishini prognoz qilgandi. Materialda paxta hosilining yaxshi bo‘lmagani, Axal viloyatida fermerlar reajani bajarmagani uchun jarimaga tortilayotgani, ayrim dehqonlar davlat uchun yer ijarasi pulini to‘lamayotgani ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...