Prezident Emannuel Makron.
Foto: «Reuters»
Fransiya prezidenti Emannuel Makron Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yanada jonlantirish lozim deb hisoblaydi. Fransuz yetakchisi, xususan, Fransiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muloqot platformasi tashkil etishni taklif etmoqda. Mazkur taklif Yelisey saroyida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda bildirildi.
«Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda, jadal taraqqiy etayotgan mintaqa dunyo e’tiborini tortayotir. Biz Markaziy Osiyodagi do‘stlarimizga ular bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanimizni ko‘rsatishimiz kerak», – deydi prezident E.Makron.
Fransiya yetakchisi, shuningdek, mintaqadagi muammolarni hal etish borasida ko‘mak ko‘rsatish imkoni haqida gapirgan.
Ta’kidlash joizki, bu – so‘nggi bir hafta ichida rasmiy Parij tomonidan Markaziy Osiyo davlatlariga bildirilgan ikkinchi xayrixohlik izhoridir.
4 noyabr kuni O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi tomonidan tushlik tashkil etildi. Marosimda Markaziy Osiyo elchilari bilan birga Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan qatnashdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamda Yevropa ittifoqi doirasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa mintaqaviy masalalar muhokama etildi.
Fransiya tashqi siyosat mahkamasiga ko‘ra, rasmiy Parij so‘nggi uch yil ichida Markaziy Osiyo davlatlar o‘rtasida robitalar mustahkamlanayotganini olqishlaydi. Farang davlati Markaziy Osiyoda iqtisodiy, madaniy va ilmiy jabhadagi o‘rnini yanada kuchaytirish niyatida.
O‘z navbatida, O‘zbekiston ham Fransiya bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratmoqda. Joriy yil 17 sentyabr kuni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Toshkentda Fransiya tashqi siyosat mahkamasining Markaziy Osiyoda iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashuvda Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi birinchi siyosiy va iqtisodiy hamkorlaridan ekanini ta’kidlagan edi.
S.Salim
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi