
Zo‘ravonlik va tartibsizliklarga chek qo‘yish Hongkong uchun birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Braziliya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammitida aytdi.
"Zo‘ravonlik va tartibsizliklarga chek qo‘yish hamda tartibni tiklash Hongkong uchun kechiktirib bo‘lmas vazifalar hisoblanadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sinxua agentligi.
Hongkongda yoz boshida ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi qabul qilinishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi. Hongkong ma’muriyati rahbari Kerri Lam qonun loyihasini qabul qilish rejasidan voz kechganiga qaramay, muxolifat tarafdorlari noroziliklarni davom ettirmoqda.
Keyingi kunlarda namoyishlar politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketmoqda.
Zo‘ravonlikTartibsizlikSi SzinpinBRIKS SammitiHongkong Ma’muriyatiEkstraditsiya Qonuni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar