“Valyuta olib chiqib ketadigan sayyohlar” oqimini kamaytirish maqsadida Turkmaniston migratsiya xizmati hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat banki fuqarolarga O‘zbekistonga chiqish uchun yangi cheklovlar joriy qilmoqda. Bu haqda mahalliy turkmen.news nashriga asoslanib Sof.uz xabar bermoqda.
Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Go‘ro‘g‘li ko‘chasi, 50A-uy poytaxt taksichilari uchun “qaynoq” yo‘nalishlaridan biri. Chunki bu yerda O‘zbekiston elchixonasi joylashgan.
Turkman nashri ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning dastlabki olti oyi mobaynida Turkmanistondan 233 mingdan ortiq fuqaro mamlakatimizga tashrif buyurgan. Tashrif buyuruvchilarning asosiy maqsadi O‘zbekistondan maishiy iste’mol tovarlarini xarid qilish va mahalliy bankomatlardan naqd pul olish.
Tonggi soat 7 da elchixonaga kirish uchun 250 nafar kishi navbatga yozilgan. Bu navbat elchixona tashqarisida mahalliy “tadbirkorlar” tomonidan tashkil qilingan. 40-50 manat (tahminan $ 2,5) evaziga ro‘yxatda 150-o‘rindan 5-o‘ringa “ko‘chirib qo‘yishadi”.
Turkmanlar odatda O‘zbekistonga valyuta ayirboshlash uchun kelishadi. Turkman banklari debet kartalarini O‘zbekistonga olib kelishadi va naqd dollarga ayirboshlashadi. Chunki Turkmanistonda dollarning rasmiy kursi 3,5 manat. Bozorda esa 1$ning narxi 19 manatgacha ko‘tarilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat banki xalqaro kartadagi dollarni majburiy tarzda rasmiy kursda manatga almashtiradi. Aholi esa rasmiy va bozor kursi orasidagi farqdan yutish uchun O‘zbekistonga keladi. Eng ko‘p keluvchilar Lebap va Dashoguz viloyatlaridan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi