International SOS xalqaro tashkiloti ekspertlari sayyohlarni 2020 yilda xorijda kutishi mumkin bo‘lgan xavflardan ogohlantiruvchi interaktiv xaritani tuzishdi. Uning yordamida sayyohlar u yoki bu davlatga tashrif vaqtida xavfsizlik nuqtai nazaridan ularni qanday qiyinchiliklar kutayotganini bilishlari mumkin.
Xaritani tuzishda uchta asosiy mezon: xavfsizlik sohasidagi vaziyat, tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari va yo‘l harakati xavfsizligi inobatga olingan.
Uchta mezon bo‘yicha sayohatlar uchun eng xavfli davlatlar Afg‘oniston, Venesuela, Liviya va Somali deb tan olingan. Eng xavfsiz davlatlar sifatida Skandinaviya davlatlari, jumladan Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya va Shvetsiya aytilgan.
Mutaxassislar turli kasalliklar yuqtirish xavfi yuqori davlatlar sirasiga Afrika davlatlari, jumladan, Niger, Liberiya, Gvineya, Serra-Leone, Janubiy Sudan, Eritreya va Markaziy Afrika Respublikasini kiritishgan. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash darajasi juda past davlatlar qatoriga Yaman, Suriya va Shimoliy Koreya kiritilgan. Tibbiyot tomondan eng xavfsiz davlatlar sifatida Yevropa davlatlari, Kanada, AQSh, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiya keltirilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi nuqtai nazaridan Afrika davlatlaridan tashqari, Venesuela, Beliz, Dominikan Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Tailand va Vetnam eng xavfli davlatlar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi