23:55 / 24.11.2019
3 596

Hindiston aholisi iflos havo sabab qirilib ketmoqda

Hindiston aholisi iflos havo sabab qirilib ketmoqda
Hindiston poytaxti Yangi Dehlida havo iflosligi 400 darajagacha yetgan, deb yozadi Anadulu agentligi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Hindistonda bu yildagi jami o‘limlarning 12 foizi atmosfera havosining yuqori darajada ifloslangani sabab yuz bergan. Aholining to‘rtdan uch qismi havo sifati hind davlat standartlariga mos kelmaydigan shahar va tumanlarda istiqomat qiladi. Shu bilan birga Hindiston havosini ifloslantiruvchi moddalarning yuqori darajasini belgilaydigan sanitar-gigiyenik normalar Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotida (BSST) belgilangan talablarga qaraganda ancha “yumshoqligi” aytilgan. BSST ma’lumotlariga qaraganda, Hindistonning hech bir shtati bu tashkilot normalariga mos kelmaydi.

Aholisi 1 milliondan ortiq bo‘lgan megapolis va shaharlarning keskin o‘sishiga qaramay, Hindistondagi urbanizatsiya darajasi 30 foizga yaqin. Bu esa sayyoradagi eng past ko‘rsatkichlardan. Biroq hatto qishloq joylarida ham atmosfera havosining sifati talab darajasida emas — pista ko‘mirni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi dalalarida qoldiqlar va maishiy chiqindilarni yoqish, shuningdek o‘rmon yong‘inlari o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Shahar aholisi sonining tez sur’atlarda o‘sishi va havo sifatining past darajasi tufayli hind megapolislarida doim “bo‘g‘uvchi” smog bo‘ladi. Yangi Dehli esa dunyoning eng iflos shaharlari ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Biroq ekologik normativlar va cheklovlar tizimini yaratish vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Mutaxassislar esa mamlakat o‘zining hozirgi rivojlanish bosqichida atrof-muhitni himoya qilishning kerakli darajasi va shaharlardagi atmosfera havosi sifatini ko‘tarishni ta’minlash imkoniyatiga ega emasligini tan olishadi.

Tibbiyot xodimlari atmosferaning yuqori darajada ifloslanishi kuzatilgan joylarda kun kechirish faqatgina o‘pka kasalliklarida namoyon bo‘libgina qolmay, nafas yo‘llari, yurak qon-tomir kasalliklari va boshqa patologiyalarni ham yuzaga chiqarishi mumkinligini qayd etishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston aholisi iflos havo sabab qirilib ketmoqda