
Rossiya Federatsiyasida bo‘sh ish o‘rinlari soni ortib bormoqda. Hozirda 1,1 million vakansiya mavjud. Bu haqda gazeta.ru xabar bermoqda.
Hududlar kesimida poytaxt Moskvada eng ko‘p bo‘sh ish o‘rni mavjud: 170 mingta. Ikkinchi o‘rinda Moskva viloyati. U yerda 79 mingta ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud. “Shimoliy poytaxt” Sankt-Peterburgda esa 69 mingta ish o‘rni o‘z egasini “kutmoqda”.
Bunday bo‘sh ish o‘rinlari paydo bo‘lishining bir qancha sabablari bor. Yuqori texnologiyali kompaniyalarning rivojlanish sur’ati tezlashmoqda. Bu esa o‘z navbatida ulkan ma’lumotlar bazasi, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kadrlarga bo‘lgan talabni yuzaga keltirmoqda. Bunday kadrlar esa Rossiyada talab qilingan darajada ko‘p emas.
Shuningdek, ommaviy kasblar segmenti (sotuvchilar, haydovchilar, quruvchilar)da ham bo‘sh ish o‘rni mavjud. Bunday ishlar og‘ir ishlar toifasiga kiradi va yoshlar bunaqa ishda ishlashni xohlashmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar