15:17 / 29.11.2019
2 850

London metropolitenida nega yoʻlovchi pichoqlab ketilgan?

London metropolitenida nega yoʻlovchi pichoqlab ketilgan?
London metropoliteni oʻzining gavjumligi hamda turistlar uchun ajoyib joy ekanligi bilan dunyoga mashhurdir. Shu yilning 24-sentyabr kuni aynan shu odamlar oqimi koʻp hisoblangan manzilda qotillik roʻy bergan. Voqea sodir boʻlgan kuni soat 16:00 lar atrofida London gʻarbidagi Xillingdon bekatida bir odam pichoqlab ketilgan. Voqea yuqorida nomi qayd etilgan bekatda yoʻlovchilar koʻz oʻngida sodir boʻlgani aytilmoqda.

Qotillikning kelib chiqishiga bir nechta erkak yoʻlovchilarning janjallashib ketishi sabab boʻlgan. Jabrlanuvchini qutqarish uchun kelgan tez yordam xizmati xodimlari uning oʻsha zahoti oʻlganini tasdiqlashgan.

Shahar politsiyasi oʻz bayonotida shunday maʼlumot bergan: “ ...Bu juda ham dahshatli qotillik. Bunday holatlar London metropoliteni bekatlarida har doim ham sodir boʻlavermaydi. Ushbu holatlar qayta takrorlanmasligi uchun qoʻldan kelgan choralarni koʻramiz. Bu kabi qotilliklar boʻlishi shaharga keluvchi mehmonlarning ham tashrifini kamaytirib yuborishi mumkin”.

Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qadrli mushtariylarimiz, agarda shahrimizdagi metro bekatlarida nazoratchilar tekshiruvi biroz vaqtingizni olsa, sira ham qarshilik koʻrsatmang. Zero bunday tekshiruvlar oʻzimizning xavfsizligimiz uchun juda ham muhimdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London metropolitenida nega yoʻlovchi pichoqlab ketilgan?