
Konnektikut shtatining Nyu-London shahar shifoxonasining tugʻuruq boʻlimida bir vaqtning oʻzida sakkiz nafar xodim homilador boʻldi, deya xabar beradi “WTNH” telestansiyasi.
Taʼkidlanishicha, ulardan biri yaqinda farzandli boʻlgan, qolganlari esa homiladorlikning 33 haftasigacha boʻlgan turli muddatlarni boshidan oʻtkazishmoqda. Boʻlgʻusi onalardan ayrimlari farzandlarining jinsini ham aniqlashga ulgurishgan: uch oʻgʻil va uch qiz. Qolgan ikkitasining jinsi nomaʼlum.
Ushbu shifoxonaning tugʻuruq boʻlimida qariyb ikki mingta tugʻuruq amalga oshiriladi. Yana yetti nafar xodim oʻzlari mehnat qiladigan joyda farzand koʻrishni rejalashtirmoqda.
Xabarlarga koʻra, 44 kishidan iborat xodimlar jamoasidan sakkiz nafari bir vaqtning oʻzi homilador boʻlishi — rekord koʻrsatkich emas. Shunga oʻxshash holat Men shtatidagi tibbiyot markazida ham qayd etilgandi: bir vaqtning oʻzida toʻqqiz nafar hamshira homilador boʻlgandi. Shuningdek, joriy yilda Nyu-York va Mesa shaharlaridagi tibbiyot muassasalarida ham bir vaqtning oʻzida 15 va 16 kishi homilador boʻlgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar