
Noyabr oyi oxirida Apple'ning bosh dizayneri Joni Ayv 27 yillik faoliyatidan keyin kompaniyani tark etdi. Faoliyati davomida u Apple'ni kompyuter ishlab chiqaruvchi firmadan texnologiya gigantiga aylantirgan mahsulot iPod'dan boshlab iPhone'ning oxirgi markalariga qadar loyihalashtirgan edi.
Shuningdek, u nafaqat kompaniya mahsulotlari, balki Apple'ning barcha mahsulotlarining qadoqlanishi, Apple Store do‘konlari va kompaniyaning barcha ofislari dizayniga ham javobgar edi.
“U shunchaki dizayner emas. Shuning uchun ham u bevosita men bilan ishlaydi. Unda, Apple'dagi boshqalarga qaraganda ko‘proq vakolat bor. Albatta meni hisobga olmaganda”, - degan edi “Apple afsonasi” Stiv Jobs Joni Ayv haqida.
2014 yilda Ayv Britaniyaning The Times nashriga bergan intervyusida u xohlagan vaqtida Apple'ni tark etishi mumkinligini, biroq innovatsion mahsulot yaratish imkoniyati uni to‘xtatib turganini aytadi: “Men innovatsiyalar tugashi bilan Apple'dan ketaman. Men faoliyatimni tugataman. Biz ajoyib davrning ostonasida turibmiz va ajoyib mahsulotlarni chiqaramiz”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar