
Malayziya qirolichasi Aziza Omina Maymuna Iskandariya ham tarixiy mavzudagi turk seriallarining ishqibozi ekan, deb yozadi Azon.uz.
Qirolicha o‘zining Tvitterdagi sahifasida turk serillariga qiziqishi haqida yozgan: “Men “Tirilish: Ertug‘rul” serialining besh faslini tomosha qildim va to‘ymadim. Endi “Usmoniylarning tashkil etilishi” seriyasini tomosha qilyapman. Men barchaga ushbu turk serialini tomosha qilishni maslahat beraman. Film to‘liq islom mavzusiga bag‘ishlangan”.
Bundan tashqari, qirolicha Aziza ijtimoiy tarmoqlarda o‘z obunachilaridan biriga “Poytaxt: Abdulhamid» serialini tomosha qilishni maslahat bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar