Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi 50 nafar yoʻlovchini avtobusdagi yongʻindan qutqarib qoldi (video)

Foto: Videodan kadr
Sankt-Peterburg yaqinidagi Olgino qishlogʻida 50 nafarga yaqin yoʻlovchi boʻlgan Dragon rusumidagi avtobus yoʻlda yonib ketdi, deb xabar bermoqda Regnum.
Qayd etilishicha, voqea 1-dekabr kuni soat 12:21 larda roʻy bergan. Avtobus Sankt-Peterburgdan Zelenogorskka ketayotgan boʻlgan. Haydovchi dvigatel boʻlinmasida tutunni sezgach, avtobusni toʻxtatib, odamlarni tushirgan. Avtobus esa butunlay yonib ketgan.
Voqea aks etgan video VKontakte ijtimoiy tarmogʻidagi “DTP i CHP Sankt-Peterburg” guruhida eʼlon qilingan.
Maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchilarni qutqarib qolgan haydovchi kelib chiqishi oʻzbekistonlik 43 yoshli erkak boʻlib, avtobus tegishli boʻlgan “Tretiy park” korxonasida 3 yildan buyon ishlab keladi.
Ayni paytda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Sankt-Peterburg yaqinidagi Olgino qishlogʻida 50 nafarga yaqin yoʻlovchi boʻlgan Dragon rusumidagi avtobus yoʻlda yonib ketdi, deb xabar bermoqda Regnum.
Qayd etilishicha, voqea 1-dekabr kuni soat 12:21 larda roʻy bergan. Avtobus Sankt-Peterburgdan Zelenogorskka ketayotgan boʻlgan. Haydovchi dvigatel boʻlinmasida tutunni sezgach, avtobusni toʻxtatib, odamlarni tushirgan. Avtobus esa butunlay yonib ketgan.
Voqea aks etgan video VKontakte ijtimoiy tarmogʻidagi “DTP i CHP Sankt-Peterburg” guruhida eʼlon qilingan.
Maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchilarni qutqarib qolgan haydovchi kelib chiqishi oʻzbekistonlik 43 yoshli erkak boʻlib, avtobus tegishli boʻlgan “Tretiy park” korxonasida 3 yildan buyon ishlab keladi.
Ayni paytda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…