Foto: Kabar.kg
Qirg‘izistonda Bishkek issiqlik elektr markazini (IEM) modernizatsiya qilishdagi korrupsiya ishi bo‘yicha aybdorlarga jazo hukmlari chiqarildi.
Ushbu ish bo‘yicha sudlanuvchilar orasida Qirg‘izistonning sobiq bosh vazirlari Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiyev, sobiq energetika vaziri Osmonbek Artikbayev, “Elektr stansiyalari” korxonasi sobiq bosh direktori Salaydin Avazov, sobiq energetika vaziri o‘rinbosari Oybek Kaliyev va boshqa sobiq amaldorlar bo‘lgan.
Tergov IEM rekonstruksiyasi vaqtida davlatga yetkazilgan ziyon 5 mlrd 439 mln so‘mni tashkil qilganini ma’lum qilgan. Sud jarayoni 9 oy davom etgan.
Sapar Isakov
6 dekabrda Bishkekning Sverdlov tuman sudi Sapar Isakovga nisbatan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, diplomatik daraja va 3 yilga davlat idoralarida lavozimlar egallash huquqidan mahrum qilish hukmini chiqargan.
Yana bir sobiq bosh vazir Jantoro Satibaldiyev mol-mulkini musodara qilish bilan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Jantoro Satibaldiyev
Salaydin Avazovga 11 yil 3 oylik, Oybek Kaliyevga 15 yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Jinoiy ishning boshqa figurantlari ham aybdor deb topilgan, biroq jazoni deyarli o‘tab bo‘lganlari sababli sud zalidan ozod qilinganlar.
2018 yil yanvarida butun Qirg‘iziston poytaxtini issiqlik va elektr bilan ta’minlaydigan Bishkek IEMda avariya sodir bo‘lgandi. Avariyadan so‘ng modernizatsiyasi 386 million dollarga tushgan IEM atrofida mojaro kelib chiqqan. IEM bo‘yicha shartnoma tuzishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib qator amaldorlar, jumladan, sobiq bosh vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiyev hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi