Foto: Phys
Monterey-Bey ilmiy tadqiqot instituti akvariumi (MBARI) olimlari AQShning Kaliforniya shtatidagi dengiz tubida minglab sirli chuqurliklar borligini aniqladi. Ob’ektlarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda «Phys.org» nashri xabar bergan.
Chuqurliklar eng kattasining eni 175 metr, chuqurligi 5 metr va aylana shaklidagi devorlar bilan o‘ralgan. Bu kabi ob’ektlarning jami 5,2 mingtasi aniqlangan, umumiy maydoni 1,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Katta bo‘lmagan mikrodepressiya chuqurlarining diametri 11 metrgacha yetadi va chuqurligi 1 metrgacha. Ularning devorlari tik va pastga qarab cho‘zilgan.
Bu kabi noma’lum shakldagi chuqurliklar dunyo okeanidagi deyarli barcha joylarda uchraydi va metan hamda suv ostidagi boshqa moddalarning chiqindilari tufayli vujudga kelgan. Ushbu holat suv tubining beqarorlashuvi neft platformalari va shamol turbinalarining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Lekin MBARI olimlari chuqurlardan metan qoldiqlarini topmagan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, chuqurliklar yaqin 50 yil ichida faollashmaydi.
Foto: Phys
Barcha mikrodepressiyalarda toshlar, suv o‘tlari, suyaklar, chiqindi va baliq ovlash vositalarining bo‘laklari mavjud. Tadqiqotchilar ushbu teshiklar paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmagani va chuqurliklar suv oqimining o‘zgarishi sababli shakllanganini ta’kidlagan.
Foto: Phys “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi