Qozog‘iston Senati "1994 yil 10 dekabrda Qozog‘iston hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida Boyqo‘ng‘ir kompleksini ijaraga berish shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida" gi Qonunni ma’qulladi.
Qonun prezident tomonidan imzolangach, Nur-Sulton Rossiyaga ijaraga berilgan 11,6 ming gektar yerni ijara shartnomasidan chiqaradi.
Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Aydarbek Saparovning ta’kidlashicha, qaytarib olingan yerda infratuzilma rivojlantiriladi: “G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy” xalqaro tranzit yo‘li, Olmaota – Moskva temir yo‘li hamda Chimkent – Beynau gaz quvurining bir qismi quriladi.
Qaytarib olingan yerlar hisobiga Boyqo‘ng‘ir kosmodromi ijarasi narxi o‘zgarishsiz qoladi.
Qozog‘iston, 1994 yilda tuzilgan shartnomaga muvofiq, Boyqo‘ng‘ir kosmodromini yillik $115 million (MBning joriy kursida 1.096 trillion so‘m) to‘lov evaziga Rossiyaga ijaraga bergan. 2004 yil Moskva va Ostona o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, ijara muddati 2050 yilga qadar uzaytirilgan.
Rossiya hozirgi vaqtda o‘zining hududida “Vostok” kosmodromini qurmoqda. Oxirgi paytlarda ushbu qurilishda o‘g‘irliklar bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi