Foto: AP Photo/Evan Vucci
AQSH prezidenti Donald Tramp unga qarshi impichment jarayonini boshlagan, kongressning quyi palatasi spikeri Nensi Pelosiga maktub yo‘llab, u boshchiligida demokratlar bunday xatti-harakatlari bilan davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinayotganlari va AQSH konstitutsiyasini buzayotganlarini aytgan.
“Demokratlar tomonidan quyi palatada o‘tkazilayotgan ushbu impichment kampaniyasiga qat’iy norozilik bildiraman. Bu AQSH qonunchiligining 250 yillik tarixidagi misli ko‘rilmagan va konstitutsiyaga zid bo‘lgan hokimiyatni suiiste’mol qilishlikdir”, deyilgan maktubda.
“Bu davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga noqonuniy urinishdir. Siz nafaqat menga, balki butun Respublikachilar partiyasiga qarshi chiqmoqdasiz”, deb yozgan Tramp.
Uning ta’kidlashicha, impichmentga hech qanday asos yo‘q, chunki na bir jinoyat, na qoidabuzarlik yoki boshqa bir qonunga xilof xatti-harakat bo‘lgan. “Noqonuniy impichmentni davom ettirib, siz konstitutsiyaga sodiq bo‘lishga bergan qasamyodni buzmoqdasiz va Amerika demokratiyasiga qarshi urush e’lon qilmoqdasiz”, deb davom etgan AQSH prezidenti.
Pelosi, o‘z navbatida, Trampga qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha senatda 18 dekabrda ovoz berish oldidan demokratlarga murojaat qilgan.
“Afsuski, faktlar prezident shaxsiy siyosiy foyda uchun hokimiyatni suiiste’mol qilgani va javobgarlik, konstitutsiya va AQSH xalqidan ustunroq bo‘lishni talab qilib, kongressga qarshilik qilganini ko‘rsatmoqda. Amerikada hech kim qonundan ustunroq emas”, deb yozgan Pelosi.
AQSHda anonim informator Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ilk telefon suhbatida unga bosim o‘tkazishga uringanini ma’lum qilgandan keyin mojaro yuzaga kelgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat