
AQSHning Minnesota shtatida yashovchi 57 yoshli Ayda Shiyef al-Qozi qamoqxonada uning hijobi va abayya ko‘ylagini yechtirganlarni sudga berdi.
Uning aytishicha, 2013 yilda yo‘l qoidasini buzganlik bo‘yicha Ramsi okrugi sudiga kelmagan. Shu sabab uni shtat qamoqxonasiga olib borib, erkak politsiyachilar kuzatuvi ostida abayya ko‘ylagi va hijobini yechishga majburlashgan. Bu ham yetmagandek, uning surati internetga chiqib ketgan.
U o‘zini diniy va irqiy jihatdan kamsitilgan deb hisoblab sudga arz qildi. The Guardian nashrining yozishicha, sud aybdorlarni bu ayolga 120 ming dollar tovon puli to‘lashga hukm qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar