date
views 11 725

Ko‘rganda o‘zbek qizlari o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan Burak O‘zchivit 35 yoshga to‘ldi (foto)

Ko‘rganda o‘zbek qizlari o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan Burak O‘zchivit 35 yoshga to‘ldi (foto)
Bugun, 24 dekabr o‘zbek kino ixlosmandlariga«Muhtasham yuz yil», «Sevgi iztirobi», «Choliqushi» (2013 yil) seriallari, «Mening akam» filmi bilan ma’lum bo‘lgan turk yulduzi Burak O‘zchivitning tug‘ilgan kuni. Aktyor 2019 yilning fevral oyida Toshkengta tashrif buyurgandi va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida aylanib yurgan Burakni muxlisalari o‘rab olgani aks etgan video tarqalgan. Burak Toshkentdaligi vaqtida o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqot qilib, qariyb 380 ming dollar olgan. Shuningdek, Zo‘r TV telekanalida bir nechta ko‘rsatuvlarda ishtirok etib, o‘zbekistonlik san’atkorlar bilan suhbatlashgan.

Foto: Instagram/Zo‘r TV

Bolalik yillari
Burak O‘zchivit 1984 yilda Turkiyaning Mersin shahrida dunyoga kelgan. Otasi Byulent O‘zchivit kichik restoran egasi, onasi Jeyhan esa Burak va uning opasi Burjun tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bolaligidan og‘ir-bosiq fe’l atvor egasi bo‘lgan Burakning eng sevimli mashg‘uloti soatlab multfilm tomosha qilish bo‘lgan. U superqahramonlarni juda ham yaxshi ko‘rgan va atrofdagilariga katta bo‘lsa, «Betmen» bo‘lishini ta’kidlagan. Keyinchalik do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish, xususan, futbol o‘ynash va sport zalda shug‘ullanishni kanda qilmagan.

Foto: Google Images
Maktabni bitirgach Burak Marmara universitetida tasviriy san’at va kino yo‘nalishida ta’lim olish bilan birga podiumlarda model sifatida chiqish qila boshlagan. 2006 yilga qadar Turkiyaning eng talabgir modellaridan hisoblangan. 2003 yilda 17 yoshli Burak «Turkiyaning eng yaxshi modeli» tanlovining mutlaq g‘olibi, shuningdek, «Dunyoning eng yaxshi modeli» tanlovida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan.

Foto: Google Images

Karera
O‘smirlar hayoti haqidagi «Minus 18» trilleridagi kichik ishtiroki uning aktyorlik karerasidagi ilk roli bo‘lgan. Ushbu filmdan ko‘p o‘tmay «Oilaviy uy» kinokomediyasi, «Sotqinlik» psixologik dramasida va «Kichik sirlar» filmida rol ijro etadi. «Muhtasham yuz yil» tarixiy-biografik serialdagi Malkacho‘g‘lu Bali bey roli unga katta muvaffaqiyat olib kelgan bo‘lsa, «Choliqushi» filmining yangi talqinidagi Kamron obrazi bilan u butun dunyoga mashhur bo‘ldi.

Foto: Google Images
Ushbu filmdan keyin u rejissyorlardan suratga tushish uchun taklifni uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmagan. Chunki dunyoning turli nuqtalaridagi muxlislar Burak ishtirok etgan filmlarni qayta-qayta so‘ray boshlagan. Shundan keyin «Sevgi senga o‘xshaydi» melodrammasida ishtirok etgan.

Foto: Google Images/«Muhtasham yuz yil»
2015 yilni esa aktyor karerasidagi eng omadli yillardan deb hisoblasa bo‘ladi. Negaki aynan shu yili butun dunyodagi tomoshabinlar sevib tomosha qilgan, o‘zbek telekanalida «Sevgi iztirobi» nomi bilan efirga uzatilgan «Kara sevda» seriali suratga olingan. Romantik filmda Burak Neslihan Atagul bilan sevishganlar rolini ijro etib, muxlislar, ayniqsa qizlar mehriga sazovor bo‘lgan.

Foto: Google Images
«Sevgi iztirobi»dagi juftlikning hayotda munosabatlari qanday ekani kino tomoshabinlarini eng ko‘p qiziqtirgan savol hisoblanadi. Internetda ularning munosabatlari qay darajadaligi bilan bog‘liq mish-mishlarni-ku aytmasa ham bo‘laveradi. Fakt esa shuki, serialdagi voqelik va ekran ortidagi reallik tubdan farq qiladi. Burak va Neslihanni faoliyati bilan bog‘liq zo‘raki aloqalar bog‘lab turgan. Do‘stona boshlangan munosabatlardan keyinchalik asar ham qolmagan.

Foto: Google Images

Shaxsiy hayot
O‘zchivit 2014 yilga qadar mashhur turk jurnalistining qizi, fotomodel Jeylan Chapa bilan jiddiy munosabatda bo‘lgan, biroq Jeylanning asossiz rashki tufayli juftlik ajrashgan. Ma’lum bo‘lishicha, Jeylanning turli gumonlar sabab suratga olish maydonchasiga bostirib kelishi, ishonmasligi aktyorni asabiylashtirgan.

Foto: Google Images
«Choliqushi» serialining suratga olish ishlari boshlanganda aktyor bo‘lajak rafiqasi Faxriye Evjan bilan tanishadi. «Senga o‘xshagan sevgi» melodrammasida birgalikdagi ishtiroki vaqtida ular orasida iliq munosabatlar paydo bo‘la boshlaydi.

Foto: Google Images
Faxriye o‘ziga yarasha qaysar fe’l-atvorga ega bo‘lishiga qaramay, Burakga nisbatan sabrli va og‘ir-bosiq munosabatda bo‘lgan. Jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda u o‘ziga yoqmagan taqdirda ham Burakning odatlariga qarshilik bildirmasligini, insonning qandayligini bilib turib tanlov qilgach, uni o‘zgartirishga urinish mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.

O‘zchivit oradan ko‘p o‘tmay Faxriyeni ota-onasi bilan tanishtirgan va ular 2017 yilning 29 iyun kuni turmush qurgan. Juftlik shov-shuvli marosim xohlamagan, lekin mashhur yulduzlar tantanasi shunchaki o‘tib ketmasligi aniq edi.

Foto: Google Images
To‘y marosimi Bosfor sohili bo‘yidagi Sait Halim Pasa villasida bo‘lib o‘tgan. Tashrif buyurgan mehmonlarning o‘sha zahotiyoq ulashgan Instagram’dagi jonli efirlari, foto va videolari juftlik muxlislari sevimli kumirlarining baxtli kuni qanday o‘tayotganini virtual kuzatishiga sabab bo‘lgan. Kelin va kuyov to‘ydan so‘ng Maldiv orollariga jo‘nab ketgan. Ular 2019 yilning 13 aprelida o‘g‘il farzandli bo‘lishdi va unga Karan deb ism qo‘yishdi.

Foto: Google Images
Shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydigan yosh oila farzandi dunyoga kelganidan sakkiz oy o‘tib o‘g‘lining suratini ommaga namoyish qildi. Faxriye Evjanning Instagram sahifasiga joylangan surat o‘sha kunning o‘zidayoq ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusiga aylandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko‘rganda o‘zbek qizlari o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan Burak O‘zchivit 35 yoshga to‘ldi (foto)