date
views 5 147

Donald Tramp o‘zining «Uyda yolg‘iz-2» filmidagi ishtirokiga izoh berdi

Donald Tramp o‘zining «Uyda yolg‘iz-2» filmidagi ishtirokiga izoh berdi
Foto: 20th Century Fox Film Corporation
AQSH prezidenti Donald Tramp «Uyda yolg‘iz-2» filmida ishtirok etganini o‘zi uchun sharaf deb bilishini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

«Ko‘pchilik har yili shu haqda gapiradi, ayniqsa, Rojdestvo kunlari. Ayniqsa yosh bolalar menga qarab ‘Men sizni hozirgina kinoda ko‘rdim’, deyishadi. Ular meni televizorda o‘sha filmda payqaganidek ko‘rmaydi. Bu yaxshi film, men o‘shanda yoshroq edim. Men uchun kinoda rol ijro etish sharaf edi», — deydi Tramp.

«Uyda yolg‘iz» filmining 1992 yilda suratga olingan ikkinchi qismida Tramp o‘zini ijro etgan. U kichik epizodda film bosh qahramoni — Kevinga mehmonxona xoliga qanday o‘tishni aytib, unga yordam beradi. Epizod 10 sekundcha davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp o‘zining «Uyda yolg‘iz-2» filmidagi ishtirokiga izoh berdi