Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya unga qanday «Rojdestvo sovg‘asi» yubormoqchiligi borasidagi fikri bilan bo‘lishdi. Avvalroq Pxenyanda yadro masalasi bo‘yicha muzokaralar muhim ekani, yil oxirigacha AQSH va Shimoliy Koreya bu masalada ikki tomonni ham qondiruvchi yechimni topishlari kerakligi bir necha bor aytilgan.
CNN’ning xabar berishicha, Pxenyanni birinchi navbatda unga qarshi kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinishi qiziqtiradi. Avvalroq Shimoliy Koreya bu borada hech qanday rivojlanish bo‘lmasa, AQSHga “Rojdestvo sovg‘asi”ni tayyorlab qo‘yganini aytgan. Shundan keyin AQSHning milliy xavfsizlik sohasidagi amaldorlari bir necha hafta davomida “ma’lumotlarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lishgan”. AQSHda gap Shimoliy Koreya tomonidan taqiqlangan raketaning uchirilishi haqida borayotgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.
«Balki u menga raketa sinovi emas, chiroyli guldon jo‘natar. Men guldon olishim mumkin. Undan yaxshi sovg‘a olishim mumkin. Siz buni bilmaysiz-ku», deb javob qilgan Tramp jurnalistlarning «Rojdestvo sovg‘asi» haqidagi savollariga javoban. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin