
O‘zbekistonning Belorussiyadagi elchisi Nosirjon Yusupov ushbu mamlakat yurtimizdan ishchi kuchini jalb qilishdan manfaatdor ekanini aytib o‘tgan. Bu haqda BelaPAN nashriga tayanib, Sof.uz xabar bermoqda.
“Belorussiya tadbirkorlari O‘zbekistondan ishchi kuchlarini jalb qilishga qiziqishmoqda. Biz qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashganimizda bu haqda gaplashgan edik,”- deydi elchi janoblari.
Diplomatning aytishicha belorussiyaliklar o‘zbekistonlik migrantlarga “yaxshi maishiy sharoitlar, yotoqxona, shartnoma va tibbiy sug‘urta kabi” takliflarni berishgan. Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, agar O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shiladigan bo‘lsa, mehnat migrantlar muammosini hal qilishi mumkin ekan.
Shuningdek, elchi bugungi kunda Belorussiya oliy o‘quv yurtlarida mingdan ortiq o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini eslatib o‘tdi.
Ikki davlat o‘rtasida “o‘lik” munosabatlar 2018 yil sentabr oyida Aleksandr Lukashenkoning Toshkentga rasmiy tashrifidan so‘ng jonlana boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar