
600 yillarda dunyoda ikki yirik imperiya va sivilizatsiya hukmron edi. Biri Vizantiya (Rum) imperiyasi, ikkinchisi Fors imperiyasi.
Bularning atrofida mayda millat va qabilalar bor edi.
624 yilda Badr degan joyda kichkinagina jang bo‘lib o‘tadi. 300 nafarcha madinaliklar 2 ta ot va 70 ta tuyasi bilan 1000 dan ortiq makkaliklar bilan urushadi.
Bu kichik qabilalarning o‘zaro jangi haqida na rumliklar bildi na Fors saroyida gapirildi. Ulkan imperiyalar va ularning aholisi uchun ahamiyatsiz voqea.
Oradan atigi 15 yil o‘tib, o‘sha 300 kishi va ularga ergashganlar ulkan va qudratli Fors imperiyasini qulatdi, Rumni esa Shomdan, Suriya va Falastin yerlaridan sharmandalarcha quvib chiqardi.
Atigi 15 yilda bir kichik qabila, ikkita ulkan imperiyani yer tishlatdi. Ulkan imperiyaki, xuddi bugungi kun AQSH yoki Xitoyiga o‘xshaydi.
Ularning mana shunday g‘alabasiga sabab bir narsa: dinga amal qilishi, gunohdan qochishi va sabr qilishi sabab edi.
Said Komil
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar