
27 dekabr kuni Xalqaro press klubning saylov xulosalariga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etdi va Afg‘oniston masalasida fikr bildirdi.
«Bugun ertalab (27 dekabr) xabar keldi, Tolibonlar urush, qurol ishlatishni va zo‘ravonlikni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Ushbu qaror Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashga yo‘l ochib berishi mumkin. Bu masalani muhokama qilish uchun ikki tomondan delegatsiyalar shakllantiriladi», degan u.
Shu bilan birgalikda vazir muzokaralar uzoq davom etishini aytib o‘tgan.
«Biroq bu bilan Afg‘onistonda tinchlik birdan o‘rnatiladi deb bo‘lmaydi, chunki muzokaralar uzoq davom etadi va umid qilamizki, bir yechimga kelinadi. Shuni ta’kidlash ham kerakki, O‘zbekiston afg‘on xalqiga yordam berishga va tinchlik o‘rnatish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor», deb qayd etgan u.
O‘zbekiston RespublikasiAbdulaziz KomilovAfg‘oniston masalasiTolibonlar tayorligiTinchlik jarayonlariXalqaro press klub O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar