Jirinovskiy Rossiya prezidenti vazifalarini “yengillatishni” taklif qildi

Jirinovskiy Rossiya prezidenti vazifalarini “yengillatishni” taklif qildi
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy Rossiyada vitse-prezident (prezident o‘rinbosari) lavozimini joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik nashri xabar qildi.

Uning fikriga ko‘ra, bu davlat rahbarining vazifalarini yengillatishga imkon beradi.

Bugungi kunda mamlakat rahbari zimmasiga katta vazifalar yuklangan, lekin boshqaruv vazifalari prezident, uning o‘rinbosari va bosh vazir o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi mumkin”, - deb hisoblaydi Jirinovskiy.

Qolaversa, siyosatchi Putinning Rossiya Konstitutsiyadan “ketma-ket” prezidentlik lavozimida ishlashi mumkinlik haqidagi bandni olib tashlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar