Futbolchi Krishtianu Ronaldu 2019 yilda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p pul topgan kishi bo‘ldi. U Buzz Bingo kompaniyasi tomonidan tuzilgan eng boy “instagramchi” yulduzlar ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi yil davomida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 38,2 mln funt sterling ishlab topgan. Ekspertlarning baholashicha, Ronalduning har bir homiylik posti unga 780 ming funt sterling keltirgan.
2-o‘rinni yana bir futbol yulduzi - Lionel Messi egallagan. U 2019 yilda Instagram orqali 18,7 mln funt sterling ishlab topgan. Uning sahifasidagi bir reklama postining o‘rtacha narxi 518 ming funt sterlinggacha yetishi mumkin.
Futbolchilar Instagram’da sport brendlari, chipslar va boshqa mahsulotlarni reklama qilish orqali daromad oladilar.
Yetakchi uchtalikdan amerikalik supermodel Kendall Jenner ham joy olgan. U ijtimoiy tarmoq yordamida 12,7 mln funt sterling ishlab topgan. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan uning singlisi Kayli Jenner (8-o‘rin) va opasi Xloya Kardashyan (10-o‘rin), Devid Bekxem, qo‘shiqchi Selena Gomes, Neymar, Zlatan Ibrohimovich va Ronaldino ham joy olgan.
Joriy yilning mart oyida Kayli Jenner o‘z boyligini o‘zi ishlab topgan dunyodagi eng yosh ayol milliarderga aylangandi. Model va tadbkirkor bunday muvaffaqiyatga ijtimoiy tarmoqlar evaziga erishganini tan olgan, chunki o‘z biznesini boshlashdan oldin ularda ko‘plab obunachilarga ega bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi