
Foto: «RIA Novosti»
Xonanda Nargiz Zokirova Rossiyadan nafratlanishi haqidagi gap-so‘zlar jirkanch va tuban yolg‘on ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
«Rossiyani yomon ko‘rishim, bu mamlakat fuqarolarini esa ‘basharalar’ deb atashim haqidagi ovozalar jirkanch va tuban uydirma. Bu gaplarim uchun yolg‘on detektorida ham javob berishga tayyorman», — deya yozuv qoldirgan Nargiz Instagram’dagi sahifasida.
Xonanda bu yerda uni yoqtirishgani uchun mamlakatni tark etish niyatida emasligini bildirdi.
«Bolalik orzularimni ro‘yobga chiqarish va aslimdagidek bo‘lish imkoniyatini berganlaring uchun sizlarni sevaman va doim shunday bo‘lib kelgan», — ta’kidlagan Nargiz.
Nargiz ZokirovaRossiya NafratJirkanch Yolg‘onDetektor JavobBolalik OrzularInstagram Sahifasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar