Foto: «NG.az»
AQSH aholini ro‘yxatga olish byurosi 2019 yili mamlakatda o‘tgan asrda aholi o‘sishining eng past ko‘rsatkichi qayd etilganini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Byuro tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, o‘tib ketayotgan yil davomida AQSH aholisi 1,5 million odamga oshgan. Bu esa yarim fozidan ham kamroqdir. Shu orqali Amerika aholisi 2019 yilda 328 million kishiga yetdi.
Ta’kidlanishicha, bu Birinchi jahon urushidan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, faqatgina sakkizda shtatda tug‘ilishlarning o‘sishi kuzatilgan bo‘lsa, qolgan 42 shtat va Kolumbiya okrugida tug‘ilishlar soni 2018 yilga nisbatan past bo‘lgan.
Tabiiy o‘sish AQSH aholisining ko‘payishining asosiy sababi bo‘lsa-da, so‘nggi besh yil ichida u sekinlashmoqda. Tabiiy o‘sish yoki tug‘ilish darajasining o‘limdan oshib ketishi o‘nlab yillar ichida birinchi marta 2019 yilda million kishidan pastga tushib ketdi», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, aholining o‘sish sur’atlarini pasayishiga xalqaro migratsiyaning pasayishi ham sabab bo‘lgan. 2019 yilda AQSHga keladigan muhojirlar soni 595 ming kishiga qadar kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi