date
views 3 863

Tahlilchilar 2020 yilda dollar kursi pasayishini tahmin qilishmoqda

Tahlilchilar 2020 yilda dollar kursi pasayishini tahmin qilishmoqda
Dekabr oyi Amerika dollari uchun oxirgi ikki yildagi eng yomon oy bo‘ldi - bir oyning o‘zidayoq 2%ga arzonladi. AQSH-Xitoy savdo urushi hamda Fedʼning foiz stavkalarini pasaytirishi dollar kursi pasayishiga sabab bo‘lmoqda, deb hisoblashmoqda Bloomberg tahlilchilari.

Bloomberg agentligining dunyoning 10 muhim valyutasining dollarga nisbatan kursini ko‘rsatib beradigan Bloomberg Dollar Spot indeksi bor. Mana shu indeks dekabr oyida 2%ga pasaydi.

Dollar kuchsizlanishining birinchi sababi AQSH-Xitoy o‘rtasida davom etayotgan savdo urushi. "2019 yilda dollar himoyalanadigan aktiv singari qo‘llab-quvvatlandi. Biroq hozir savdo urushi davom etmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda dollar kuchsizlanadi", - deydi ABN Amro bankining valyuta bozorlari bo‘yicha mutaxassisi Jorjetta Bul.

Ikkinchi sabab esa AQSH Markaziy banki - Federal zaxira tizimi (FZT)ning yuritayutgan siyosati. 2019 yilda u 3 marotaba bazaviy stavkalarni pasaytirdi. O‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishni ushlab turish uchun qilingan bo‘lsa-da, u Amerika davlat qimmatli qog‘ozlari daromadliligi va jozibadorligi pasayishiga "hissa qo‘shdi".
XVF prognozlariga kӯra, bu yil jahon iqtisodiyoti 3,4%ga ӯsadi, AQSHniki esa 2,1%ga.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tahlilchilar 2020 yilda dollar kursi pasayishini tahmin qilishmoqda