2020 yil 3 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 80 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.X.ning og‘ir ahvolga tushgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqalgan. O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsulxonasi shu kunning o‘zida u bilan aloqa o‘rnatgan va unga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabar berilishicha, A.X. ma’lum kishilar bilan Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun safar tashkillashtirish, xususan mehmonxona, ovqatlanish, doimiy kuzatuv xizmati xarajatlarini qoplashga kelishib olgan. Ammo A.X. 1 yanvar kuni Bishkek va Istanbul orqali Jidda shahri aeroportiga kelganida, va’da qilinganiga qaramay uni hech kim kutib olmagan.
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari vazirligi ko‘magi bilan O‘zbekiston fuqarosiga zarur yordam ko‘rsatilgan, xususan mehmonxonaga joylashtirilgan. Hozirda u Umra amallarini ado etmoqda, deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi