
Britaniyalik musulmon “Makdonalds” tamaddixonasini iste’molchilarning diniy e’tiqodi va sog‘ligiga beparvolikda aybladi.
Birmingemda yashaydigan 49 yoshli Fido Husayn ish kuni boshlanishidan oldin odatdagidek “Mak-Avto”ga qahva, kartoshka fri, tuxum va pishloqli sendvich buyurtma qilish uchun boradi. Bu menyuda hech qanday go‘sht bo‘lmasligi kerak, ammo u oxirgi bor olgan sendvichni tishlaganda, yoqimsiz go‘sht ta’mini sezadi – qovurilgan tuxum va nonli o‘rama orasida cho‘chqa go‘shtli kotlet bor edi.
Musulmonligi sababidan Fido Husayn hech qachon og‘ziga cho‘chqa go‘shti solmagan, shuning uchun sodir bo‘lgan voqea unda dahshatli taassurot qoldirgan.
“Bu hol menda “Makdonalds”ga nibatan nafrat paydo qildi. Men ulardan uzr va kompensatsiya kutmoqdaman”, – dedi u Somerset Live nashriga bergan intervyusida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar