date
views 3 420

Putin Bashar Asadga Trampni Damashqqa chaqirishni taklif qildi

Putin Bashar Asadga Trampni Damashqqa chaqirishni taklif qildi
Foto:AFP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Damashqqa tashrifi vaqtida Suriya prezidenti Bashar Asadga AQSH prezidenti Donald Trampni mehmonga chaqirishni taklif qildi. Putin va Asad o‘rtasida ularning pravoslav cherkoviga tashrifi vaqtida bo‘lib o‘tgan suhbatdan parcha "Rossiya 1" kanalining “Moskva. Kreml. Putin” dasturida efirga uzatildi.

Cherkovda ikki yetakchi Damashq darvozalarida nasroniylikni qabul qilgan apostol Pavel haqida suhbatlashib qolishadi. Afsonaga ko‘ra, Pavel shaharga yo‘l olayotganda osmondan tushgan yorqin nurdan ko‘r bo‘lib qoladi. Shunda unga Iso masih ko‘rinib, ko‘rish qobiliyati qaytishi uchun to‘g‘ri yo‘ldan yepiskopning uyiga borishni buyuradi.

Shunda Asad hazillashib, “Agar Tramp ham shu yo‘ldan yursa, u bilan ham hammasi risoladagidek bo‘ladi”, deb aytgan.

Tuzaladi, tuzaladi... taklif qiling, u keladi”, deb aytgan bunga javoban Putin. Shunda Suriya prezidenti AQSH rahbariyatini qabul qilishga tayyorligini aytadi, Putin esa buni Trampga yetkazib qo‘yishga va’da beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Bashar Asadga Trampni Damashqqa chaqirishni taklif qildi