08:23 / 14.01.2020
2 707

Eron Trampni fors tiliga «dog‘ tushirmaslikka» chaqirdi

Eron Trampni fors tiliga «dog‘ tushirmaslikka» chaqirdi
Foto: Reuters
Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abbos Musaviy AQSH prezidenti Donald Trampni forschadagi murojaati bilan fors tiliga «dog‘ tushirmaslikka» chaqirdi. Musaviy bu haqda tvitterda yozdi.

“Eron halqiga tahdid, sanksiyalar va terrorga belangan qo‘llar va til qadimiy fors tiliga dog‘ tushirishga haqqi yo‘q”, deb aytgan Musaviy. U shuningdek “Eron qahramoni - general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirgan” Tramp haqiqatan ham Eron xalqini qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘qligi haqida so‘ragan.

Avvalroq Tramp Erondagi norozilik namoyishlarini forschada yozilgan tvit bilan qo‘llab-quvvatlagandi. Namoyishlar Eron hukumati Ukraina yo‘lovchi samolyoti Boeing 737-800 eronlik harbiylar tomonidan yanglish urib tushirilganini tan olgandan keyin boshlangan.

Samolyot 8 yanvarda Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilgach halokatga uchragan. Baxtsiz hodisada 176 kishi, jumladan 83 eronlik halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Trampni fors tiliga «dog‘ tushirmaslikka» chaqirdi