
Internetda Xitoy armiyasi haydovchilarining mashg‘ulotlari videosi paydo bo‘ldi.
Haydovchilar asosiy manyovrlardan tashqari, drift asoslari, orqa bilan yurish san’ati va katta tezlikda mashinani parallel parkovka qilish, turli to‘siqlarni yengib o‘tishni o‘rganadilar.
Harbiy haydovchilarning mashqlari maxsus poligonda o‘tkaziladi. Videoda ko‘rsatilgan harbiylar Tibetda xizmat o‘taydilar, shu sababli ularga boshidan yuqori talablar qo‘yiladi. Mashqlar Dongfeng harbiy yuk mashinalari va Beijing BJ2020 rusumli yo‘ltanlamaslarda amalga oshiriladi.
Haydovchilar “politsiyacha burilish”, orqa bilan parallel parkovka qilish, soatiga 60 km tezlikda boshqariluvchi sirpanish, S-simon yo‘nalish bo‘yicha orqa bilan yurishga o‘rgatiladilar. Bundan tashqari, haydovchilar orqa bilan yurib, osib qo‘yilgan sharni o‘tkir armatura bilan yorishlari kerak bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Training as a driver in the Chinese army is tougher than it sounds pic.twitter.com/3wuD4wPCpT
— SCMP News (@SCMPNews) January 7, 2020
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar