2 776
Yelizaveta II shahzoda Harri va Meganning yangi hayot boshlash istagini qo‘llab-quvvatladi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Sasseks gersog va gersogining yangi hayot boshlash niyatini qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq Harri va Meganning hamma uchun kutilmagan holatda qirollik oilasining katta a’zolari sifatidagi majburiyatlarini bajarishdan voz kechmoqchi ekanliklarini bildirishgandi.
Qirolicha moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lish istagini bildirgan shahzoda Harri va Meganning kelajagini muhokama qilish uchun dushanba kuni qirollik oilasining katta a’zolarini Sandringhem saroyiga yig‘di.
«Garchi biz ular qirollik oilasining to‘laqonli a’zolari bo‘lib qolishini afzal ko‘rsak ham, biz ularning yanada mustaqil hayot kechirish, shu bilan birga oilamizning qadrli qismi bo‘lib qolish istagini hurmat qilamiz va tushunamiz», – deyiladi bayonotda.
Qirolichaning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda o‘tish davri to‘g‘risida kelishuvga erishildi, bu davrda Sasseks gersogi va gersoginyasi vaqtining bir qismini Kanadada, qolgan qismini Britaniyada o‘tkazishadi. Ushbu davr qancha davom etishi noma’lum.
«Mening oilam qiyin masalalarni hal qilishi kerak, hali oldinda juda ko‘p ish bor, lekin men yakuniy qarorlar yaqin kunlarda qabul qilinishini so‘radim», — deydi qirolicha bayonot oxirida.
Sandringhem saroyidagi uchrashuvda qirolicha Yelizaveta II va nabirasi shahzoda Harri bilan birga Harrining otasi bo‘lmish Uels shahzodasi Charlz va uning akasi shahzoda Uilyam ishtirok etishdi. Harrining rafiqasi Meganning telefon orqali suhbatda ishtirok etadi deb taxmin qilingandi.
Uchrashuvda qirollik oilasi a’zolari Harri va Meganning qirollik oilasining katta a’zolari sifatida vazifalarni bajarishdan bosh tortishining oqibatlari, xususan, saroydan qancha haq olishlari, unvonlari va ularga kirishga ruxsat berilgan tijorat shartnomalari tafsilotlari muhokama qilinishi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi