22:29 / 14.01.2020
4 250

Eronlik teleboshlovchi 13 yillik yolg‘on uchun uzr so‘rab, ishdan ketdi

Eronlik teleboshlovchi 13 yillik yolg‘on uchun uzr so‘rab, ishdan ketdi
Eron davlat ommaviy axborot vositalarida ishlab kelgan ikkita jurnalist o‘z ishidan voz kechdi va xalqdan 13 yillik yolg‘onlari uchun uzr so‘radi. Xodimlarning ishdan ketishi Tehrondagi norozilik namoyishlari va Ukraina fuqarolik samolyotining adashib urib tushirilishidan so‘ng yuz bergan.

Fox Newsʼning xabar berishicha, ishdan ketishdan avval jurnalistlardan biri o‘zining Instagram sahifasida uzrini e’lon qilgan, lekin keyinchalik post o‘chirilgan.
Odamlarimizni o‘ldirilganiga ishonishim juda qiyin bo‘ldi... 13 yil davomida aldab kelganim uchun meni kechiringlar”, — deyilgan edi postda.

Shuningdek, yana bir qancha teleboshlovchilar yuqoridagi kabi fikrlarni bildirishgan. 21 yil davomida televideniyeda ishlagan yana bir jurnalist-boshlovchi ayol ham ketishga qaror qilganini va boshqa hech qachon OAV sohasida ishlamasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 8 yanvar kuni ertalab “Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasiga qarashli samolyot Eronda halokatga uchragan edi.

Samolyot Tehrondagi Imom Xomanaiy aeroportidan ko‘tarilgandan so‘ng qulab tushgan. Xabarlarga ko‘ra, samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar (170 ga yaqin) halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Eron harbiylari “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Boeing 737-800 samolyoti xato sababli “dushman uchog‘i” deya qabul qilinib urib tushirilganini tan oldi va Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif o‘z Tvitterida Tehron yaqinida “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning samolyoti “tasodifan” urib tushirilganini xabar berdi. Zarifga ko‘ra, “halokatga AQSHning provokatsiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz davridagi “inson xatosi” omili sabab bo‘lgan”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronlik teleboshlovchi 13 yillik yolg‘on uchun uzr so‘rab, ishdan ketdi