Foto: ISNA
Eron parlamenti deputati Ahmad Hamza AQSH prezidenti Donald Trampni o‘ldirish uchun mukofot taklif qildi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.
«Kermon provinsiyasi xalqi nomidan Trampni o‘ldirgan kishiga uch million dollar naqd pul to‘laymiz», — degan Ahmad Hamza.
Qayd etilishicha, deputat Eron diniy rahbarlari Trampga tahdid qilish haqida qaror qabul qilganligi yoki qilmaganligiga aniqlik kiritmagan.
Kermon Eronning shu nomli provinsiyasida joylashgan shahar bo‘lib, 3 yanvar kuni Trampning buyrug‘iga ko‘ra, o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniy aynan shu shahardan bo‘lgan.
AQSH prezidenti Sulaymoniyni terrorchi deb atagan, Eron generalning o‘limi uchun o‘ch olishga va’da bergan. 8 yanvarga o‘tar kechasi Eron AQSHning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergan. Raketa zarbalari berish chog‘ida Tehrondan havoga ko‘tarilgan «Ukraina xalqaro avialiniyalari» kompaniyasining Boeing 737 samolyoti xatolik sababli urib tushirilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi