16:38 / 22.01.2020
2 684

Shahzoda Garri va Megan Markl Kanadada paparatssi ta’qibiga uchrayotganini aytdi

Shahzoda Garri va Megan Markl Kanadada paparatssi ta’qibiga uchrayotganini aytdi
Foto: The Sun
Shahzoda Garri va Megan Markl Kanadada o‘zlarini ta’qib qilayotgan paparatssini sudga berishlari haqida ogohlantirdi. Bu haqda juftlikning huquqshunosi ma’lumotlariga asoslanib, Meduza xabar berdi.

Ushbu ogohlantirish Vankuver orolidagi bog‘da Megan Markl o‘g‘li Archi bilan sayr qilayotgani aks etgan surat OAVda chop etilganidan so‘ng e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, surat Meganning ruxsatisiz olingan, fotosuratchi daraxt ortiga yashiringan holda ishlagan.

Foto: Mail online news
Huquqshunosning so‘zlariga ko‘ra, paparatssi Garri va Meganning Vankuverdagi uyi oldida kunu tun navbatchilik qilib, ularni suratga olishga urinmoqda.

1997 yilda malika Diana halok bo‘lgan avariyadan oldin u paparatssi ta’qibiga uchragan edi. Ushbu hodisadan so‘ng Britaniya tabloidlari norasmiy ravishda qirollik oilasi a’zolarini ularning ruxsatisiz suratga tushirmaslik majburiyatini zimmasiga olgan edi. Biroq ushbu majburiyat Britaniya OAVlari tomonidan bir necha marotaba buzilgan.

Shahzoda Garri va Megan Markl Britaniyadagi ko‘ngilochar nashrlarni bir necha yil mobaynida ularning shaxsiy hayotiga aralashganlik va asossiz ma’lumotlar tarqatganlikda ayblagan.
Juftlik 2019 yilning kuzida The Sun, Daily Mirror va Mail on Sunday nashrlarini sudga bergan.

9 yanvar kuni shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomidan voz kechmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Ushbu qaror qirolicha Yelizaveta II tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
20 yanvar kuni Garri mamlakatni tark etdi hamda Kanadaga — rafiqasi va o‘g‘lining yoniga ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Garri va Megan Markl Kanadada paparatssi ta’qibiga uchrayotganini aytdi