
Foto: AFP
«Atomshunos olimlar byulleteni» jurnali global halokatni anglatuvchi Qiyomat soati millarini 20 soniya oldinga surib qo‘ydi. Bu haqda Meduza nashriga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Endi ushbu soat 23:58:20 ni ko‘rsatmoqda. Mazkur vaqt global halokat timsoli bo‘lgan yarim tunga hech qachon bunchalik yaqin bo‘lmagandi.
Soat millari oldinga surilishi omillari sifatida AQSH va Eron mojarosi tufayli yadroviy tahdidning o‘sishi, o‘rta va qisqa masofali raketalar haqidagi shartnomaning bekor qilinishi hamda Shimoliy Koreyani qurolsizlantirish masalasida siljish yo‘qligi keltirilgan.
Shuningdek, jurnal mualliflari global halokat yaqinlashuv sabablari sifatida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash yetarlicha bo‘lmayotgani va internetda feyk yangiliklar hamda dezinformatsiya bo‘yicha rejalashtirilgan kompaniyalar ko‘payganini ham qayd etib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Qiyomat soati loyihasi 1947 yildan beri mavjud. Undagi vaqt yilda bir marotaba o‘zgartiriladi. 2018 yil boshidan beri bu vaqt 23:58:00 ni ko‘rsatayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar