Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan zararlanganlar soni 1975 nafargacha, uning qurbonlari soni esa 56 nafargacha yetdi. Ma’lum qilinishicha, 324 bemorning ahvoli og‘ir.
Bir kun avval virusdan 41 kishi vafot etgani, kasallanganlar esa 1,4 ming kishiga yaqinni tashkil etayotgani ma’lum qilingandi.
Ta’kidlanishicha, yana 2,7 ming kishi virus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin, biroq bu hali tasdiqlanmagan. 21,5 mingga yaqin xitoylik kasallanganlar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan va ular shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
Xitoy hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p zararlanganlar virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri va u joylashgan Xubey provinsiyasida qayd qilingan – 1052 nafar. Shu hududga virusdan vafot etganlarning eng ko‘pi to‘g‘ri kelmoqda – 52 qurbon. Shuningdek, Xitoy poytaxtida virusdan 51 kishi, Shanxayda esa 40 kishi zararlangan.
Bundan tashqari, yangi virus Avstraliya, Vetnam, Malayziya, Nepal, Janubiy Koreya, Singapur, AQSH, Tailand, Fransiya va Yaponiyagacha yetib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi