Foto: AFP
Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusning birlamchi alomatlari shamollashdagi kabi bo‘ladi. Bu asosan tana harorati ko‘tarilishi va yo‘tal hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu kasallik dastlabki bosqichda boshqacha ko‘rinishda ham namoyon bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi NHK telekanali.
Yaponiyalik jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahrida u bilan chaqiriluvchi zotiljamdan kasallanganlar ko‘p sonda kuzatilmoqda. Biroq shifoxonalarga murojaat qilganlarning ko‘pchiligi isitma va yo‘talga shikoyat qilishmagan.
Misol uchun, yangi turdagi zotiljamdan kasallanganlardan birida 3 kun davomida ichburug‘ kuzatilgan va u shu muammo bilan shifoxonaga kelgan. Unda koronavirus borligi kompyuter tomografiyasi va qo‘shimcha tahlillar natijalari olingandan keyingina aniqlangan. Shifokor bemor boshqa kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lganini bilgach uni sinchkovroq o‘rganishga qaror qilgan.
Shifokorlar koronavirusning birlamchi alomatlari orasida nafaqat isitma va yo‘tal, balki ovqat hazm qilish va asab tizimidagi turli buzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Jumladan, gap oshqozon faoliyati buzilishi, ko‘ngil aynish, bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlik haqida bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi