Foto: Global Look Press/Qin Lang/Xinhua
Dunyoning eng boy odamlari uchligiga kiruvchi amerikalik milliarder Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda Geytsning jamg‘armasi Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirusga qarshi kurash uchun 10 mln dollar ajratishini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, jamg‘arma koronavirusga qarshi Xitoyda kurashish uchun 5 mln dollar ajratadi.
Qolgan 5 mln dollar Afrikadagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga “qora qit’a”da koronavirus tarqalishi bo‘yicha himoya choralari, jumladan virus bilan bog‘liq vaziyatni skrining qilish, laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish, bemorlarni davolash uchun ajratiladi.
27 yanvar ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan halok bo‘lganlar soni 81 nafarga yetgan, qariyb 3 ming kishi virusdan zararlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!