
Foto: Getty Images
Xitoyda bir kun ichida yangi turdagi koronavirus bilan chaqiriluvchi zotiljamdan vafot etganlar soni 24 nafarga oshib, 106 nafargacha, kasallanganlar esa 1,3 ming nafarga ko‘payib, 4515 nafargacha yetdi.
Virus o‘chog‘i hisoblanayotgan Uxanda 22 kishi, Tyanmen shahrida esa 2 kishi vafot etgan.
O‘z navbatida hongkonglik mutaxassislar Uxanda virusdan kasallanganlar sonini 44 ming kishiga baholashmoqda.
Bu orada Xitoyning sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ko‘p holatlarda virusdan kasallanganlar, ayniqsa yoshlar va bolalar kasallikni yengil o‘tkazayotganlari, biroq virus hattoki emizikli bolalarga ham yuqishi mumkinligini ma’lum qilishgan.
Xabarda ma’lum qilinishicha, kasallikning inkubatsion davri odatda 3-7 kunni, eng ko‘pi bilan 14 kunni tashkil qiladi.
Qo‘mitaning baholashicha, hozirgi turdagi zotiljam Xitoyda 2003 yilda avj olgan atipik zotiljam (SARS) bilan 85 foiz o‘xshashlikka ega.
Xitoyda KoronavirusUxanda VirusTyanmen ShahriSog‘liqni SaqlashYoshlar va BolalarAtipik Zotiljam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar