Foto: Patipat Janthong / Keystone Press Agency / Global Look Press
Yangi koronavirus tarqalishi sababli butun dunyodagi aviatashuvchilar Xitoyga parvozlarni qisman bekor qilmoqda.
Reuters agentligining yozishicha, xususan, dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lgan United Airlines 1 fevraldan 8 fevralgacha AQSHdan Pekin, Hongkong va Shanxayga 24ta reysni bekor qildi. Britaniya TIV tavsiyasi bilan British Airways ham bu davlatga parvozlarni to‘xtatdi. Gruziya Xitoy bilan aviaaloqani 29 martgacha to‘xtatishga qaror qildi.
Janubiy Koreyaning Air Seoul loukosteri ham xuddi shunday yo‘l tutdi, Tayvanning China Airlines kompaniyasi esa 10 fevralgacha bir nechta reysni bekor qildi. Air Canada Xitoyga har haftada bo‘ladigan 33ta reysdan ayrimlari bekor qilinganini xabar qildi, Germaniyaning Lufthansa kompaniyasi ham bu yo‘nalishga parvozlar kamayganini bildirdi.
Shuningdek, Scoot (Singapur loukosteri) va AisAsia (Malayziya) ham Xitoyga reyslarni bekor qildi.
Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar soni bir kun ichida yana 26 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 132 nafarga, kasallanganlar soni esa 1459 nafarga ko‘payib, 5974 nafarga yetdi. Boshqa davlatlardagi kasallanganlar hisobga olinsa, butun dunyo bo‘ylab ushbu virusdan kasallanganlar soni 6052 nafarga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi